Joriy yilning 9-aprel sanasida Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyining o‘qituvchilari tomonidan Yangiyer shahridagi bir qator umumta’lim maktablarida targ‘ibot ishlari olib borildi. Ushbu tashrif doirasida litsey o‘qituvchilari – Rahmonov Oybek, Mansurova Malika hamda Xusanov Shohjahon – 6-, 8-, 9- va 10-maktablarning 9-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Tashrif davomida maktab o‘quvchilariga akademik litseydagi ta’lim jarayoni, fanlar bo‘yicha imtihon shartlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, litseyda faoliyat yuritayotgan zamonaviy o‘quv markazi, malakali ustozlar jamoasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga to‘liq javob berilib, litseyga o‘qishga kirish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *