IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchilari Z.A.Ismatullaeva va K.B. Rahmonova tomonidan Sirdaryo viloyati, Guliston tumanidagi 12-maktabda «Millat oydinlari» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — XIX–XX asrlarda yashab ijod etgan ma’rifatparvar ziyolilar faoliyati orqali vatanparvarlik, erkinlik va ma’naviyat g‘oyalarini yoshlar qalbiga singdirish, milliy g‘urur va o‘zligini anglash tuyg‘usini tarbiyalash bo‘ldi.

Tadbir doirasida:
✅ “Millat oydinlari” tushunchasiga ta’rif berildi;
✅ Abdulla Avloniy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy kabi ziyolilar hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi;
✅ Ularning asarlaridan lavhalar va iqtiboslar o‘qib eshittirildi;
✅ Savol-javoblar, fikr almashuv va slaydlar orqali interfaol muhit yaratildi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar milliy oydinlarning ma’naviy merosiga bo‘lgan munosabatlarini ifoda etib, o‘z fikr va xulosalarini bildirdilar.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy boyishi, tarixiy xotiramizga hurmat bilan qarashi hamda ongli avlod bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *