O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 31-martdagi 126-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Mamanov va Z.Odilova tomonidan Mirzaobod tumanidagi 25-maktabda o’quvchilar uchun “Yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish” va “xorijiy til sertifikatlarining ahamiyati” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga huquqiy bilimlarning jamiyatdagi o‘rni, yoshlarning qonunlarni bilishi va unga rioya qilishi hayotda qanday muhim ekani haqida so‘z yuritildi. Ayniqsa, jinoyatchilikning oldini olish, to‘g‘ri hayotiy tanlov qilishda huquqiy savodxonlikning roli alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, suhbat davomida xorijiy til sertifikatlarining yoshlar uchun ochib berayotgan imkoniyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. O‘qituvchilar IELTS, CEFR kabi xalqaro tan olingan imtihon tizimlari, ularga tayyorlanish jarayoni va bu sertifikatlarning o‘qish, ish va chet elda tahsil olishdagi ahamiyatini tushuntirib berishdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *