IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo tumani Adolat sotsial-demokratik partiyasi raisi, viloyat kengashi deputati Bekmurodov Salohiddin Hamidullaevich ishtirokida “Korruptsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida keng qamrovli davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi oqibatlari hamda unga qarshi kurashishda fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bekmurodov Salohiddin Hamidullaevich korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, bu borada qonunchilikda belgilangan asosiy tamoyillar, jamoatchilik nazoratining roli va yoshlarning faolligi haqida atroflicha fikr bildirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *