“YOSH HUQUQSHUNOSLAR” intellektual tanlovining 2-bosqichi joriy yilning 13-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi binosida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Sirdaryo viloyatining turli hududlaridagi maktablarda tahsil olayotgan yuzlab iqtidorli yoshlar ishtirok etdilar.
🏆 Ikki bosqichdan iborat ushbu tanlov yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan uch nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin: Murodjonova Zahrobonu Odiljon qizi
🥈 2-o‘rin: Tojiqulova Zuhra To‘raqul qizi
🥉 3-o‘rin: Botirov Hayotbek Ilhom o‘g‘li
G‘oliblarga tantanali ravishda pul mukofotlari hamda IIV Sirdaryo akademik litseyi qoshidagi o‘quv markazida bepul ta’lim olish uchun maxsus vaucherlar topshirildi.
Yoshlarimizni bilim olishga undovchi bunday tanlovlar kelajak avlodni yanada bilimli, kuchli va vatanparvar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.


