IIV Sirdaryo akademik litseyida buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda akademik litsey oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan bir qatorda, Mirzaobod tumani 25-maktabining 9-sinf oʻquvchilari ham ishtirok etdilar.
Tadbir davomida litsey o‘quvchilari ikki jamoaga boʻlingan holda “Tanishtiruv”, “Blits savollar”, “Test”, “Badiiy chiqish” va “Videorolik” kabi besh shart asosida bellashdilar. Bellashuv davomida qatnashchilar Sohibqiron Amir Temur hayoti, davlat boshqaruvi va harbiy yurishlari haqidagi bilimlarini namoyish etdilar.



Shuningdek, tadbirning badiiy qismida litsey o‘quvchilari tomonidan mavzuga doir she’rlar, qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, Amir Temur siymosi yoshlarga chuqurroq tanishtirildi.
Tadbir so‘ngida 25-maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli viktorina tashkil etildi. Viktorina g‘oliblari tarixiy va badiiy kitoblar bilan taqdirlanib, rag‘batlantirildi.


