Joriy yilning 10-aprel kuni Mirzaobod tumanidagi 25-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari IIV Sirdaryo akademik litseyiga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqish bildirgan va ushbu yo‘nalishda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarni o‘qishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda IIV MMI va Kadrlar bilan ta’minlash departamenti Ijtimoiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Qurbanov, shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Q.X.Shermatov ishtirok etdilar.

Tashrif davomida o‘quvchi-yoshlarga akademik litsey rahbariyati tomonidan litsey faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, yotoqxona, oshxona, fan va sport to‘garaklari, shuningdek, qabul kvotalari hamda qabul jarayoni haqida batafsil axborot berildi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda litseyda yaratilgan sharoitlardan mamnun holda o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Litseyda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilardan arizalar qabul qilindi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *