O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 31-martdagi 126-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Sirdaryo akademik litseyi “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi U.Qlichev tomonidan Mirzaobod tumanidagi 25-maktabda maktab o’qituvchilari uchun “Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida ta’lim tizimi faoliyatini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslari, ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida samarali foydalana olish, o‘z kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, bola huquqlari kafolatlarining milliy va xalqaro huquqiy asoslari kabi masalalar bo’yicha ma’lumotlar berildi.


