O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025-yil 31-martdagi 126-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 5-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi ChQBT fani o‘qituvchisi Sh.Isanov va litseyning faol o‘quvchilari tomonidan Mirzaobod tumanidagi 25-maktabda 9-sinf o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur darsning asosiy maqsadi – yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishdan iborat bo‘ldi. Mahorat darsida o‘quvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ular ongida yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini tengdoshlari bilan bo‘lishib, litseydagi ta’lim jarayoni, tartib-intizom va harbiy yo‘nalishdagi imkoniyatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.


