IIV Sirdaryo akademik litseyida litsey o‘quvchilari hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Normatov Ulug‘bek, kengash bosh mutaxassislari Boyniyozova Xurshida va Suvonov Ravshan ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini boyitish, partiyaning jamiyatdagi o‘rni va asosiy maqsad-vazifalari haqida batafsil tushunchalar berildi. Samimiy va ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbat yoshlarda fuqarolik mas’uliyati, siyosiy jarayonlarga ongli yondashuv va Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *