Joriy yilning 27–29-mart kunlari IIV Akademiyasida Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni egallagan IIV Sirdaryo akademik litseyining 204-guruh o‘quvchisi Xamzayev Farxod Xurshidovich litsey rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Farxodning yutug‘ida katta o‘rni bor bo‘lgan, mana shunday iqtidorli farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan onasi ham tadbirga taklif etilib, samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir davomida sport musobaqalari, fan olimpiadalari va turli yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan boshqa o‘quvchilar ham munosib taqdirlandilar.

Bunday e’tirof va rag‘bat o‘quvchilarni yanada katta marralar sari ilhomlantiradi, ularda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish istagini yanada kuchaytirishi shubhasizdir.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *