Joriy yilning 4-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida matematika va fizika fanlaridan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun sinov imtihoni tashkil etildi. Mazkur test sinovida I va II bosqich o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Sinov testi o‘quvchilarning bilim darajasini baholash, imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ularga test jarayoniga moslashishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazildi.



Bunday sinov testlari o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, test topshirish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning Milliy sertifikat imtihonida yuqori natijalarga erishishiga yordam beradi.
📌Eslatib o‘tamiz, Matematika va fizika fanlaridan navbatdagi Milliy sertifikat imtihoni 4-may sanasida bo‘lib o‘tadi.