Joriy yilning 3-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchilari E.Mirzaqulov va S.Djurayeva tomonidan Mirzaobod tumanidagi 21-maktabda xorijiy til o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.



Tashrif davomida o‘qituvchilarga zamonaviy ta’lim metodikasi, xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, 9-sinf bitiruvchilarini litseyda o‘qishga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, o‘quvchilarga ta’lim jarayoni, imtihon shartlari va o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.


