Joriy yilning 4-aprel kuni Mirzaobod tumani, 25-maktabda IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.Mansurova hamda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sh.Mo‘minova tomonidan “Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rishning ahamiyati” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Dars davomida milliy sertifikat imtihonining mazmun-mohiyati, unga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlari, test turlarini tahlil qilish va ularga yondashuv uslublari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, maktabning 9-sinf o‘quvchilari bilan targ‘ibot ishlari olib borildi. O‘quvchilar uchun qiziqarli savol-javoblar va fikr almashinuvi tashkil etildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar orasida ona tiliga bo‘lgan e’tibor va qiziqishni oshirish, ularda tanqidiy fikrlash va savodxonlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *