Yurtimizda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalasi davlatimiz rahbari tomonidan doimiy takrorlanadigan va mas’uliyat bilan yondashiladigan yo‘nalishlar qatoridandir. Viloyatlarda, shahar va tumanlarda, qolaversa, ta’lim muassasalarida ommaviy yurish va yugurish marafonlari ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari doimiy o‘tkazilib kelinmoqda. 

Bugun, 5-aprel kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya tadbiri tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar va ustozlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *