IIV Sirdaryo akademik litseyining “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari A.Ashurov, N.Rasulova, G.Abdurahmonova hamda B.Rustamov tomonidan Xovos tumanidagi 1-, 4-, 9-, 12-, 14- va 30-maktablarda 2025/2026-o‘quv yili uchun munosib nomzodlarni jalb qilish maqsadida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.



Tashrif davomida maktab o‘quvchilariga akademik litseydagi ta’lim jarayoni, fanlar bo‘yicha imtihon shartlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga to‘liq javob berilib, litseyga o‘qishga kirish tartibi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


