2025-yil 17-mart kuni “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Malikova Toshbuvi tomonidan 203-guruhda “Jadidchilik g‘oyalari va ularning xalq ma’naviyatida tutgan o‘rni” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida jadidchilik harakatining tarixiy asoslari, asosiy vakillari va ularning xalq ongini yuksaltirishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilarga jadidchilik g‘oyalarining o‘zbek adabiyoti, madaniyati va ijtimoiy hayotidagi ta’siri tushuntirildi.



Darsda talabalarning mustaqil fikrlashi va mavzuga nisbatan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq dars yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va faol ishtirok etganlar rag‘batlantirildi.
Mazkur ochiq dars o‘quvchilarning jadidchilik g‘oyalari haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlariga hamda ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
