IIV Sirdaryo akademik litseyida “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Islamova Sayyora Aslanovna tomonidan 104-guruhda “Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Dars davomida yangi mavzu o‘quvchilarga videorolik orqali tushuntirildi. Film mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning bilimi sinovdan o‘tkazilib, kichik guruhlarga bo‘lingan holda savol-javob asosida bellashuv tashkil etildi. O‘quvchilarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlash maqsadida 10 ta savoldan iborat test topshirig‘i ham o‘tkazildi.



Dars mashg‘ulotining ikkinchi yarmida o‘quvchilarga avval o‘tilgan mavzu bo‘yicha individual topshiriqlar berildi. Shuningdek, tarixiy shaxslarning suratlaridan foydalangan holda metodik usullar qo‘llanildi. Dars yakunida barcha o‘quvchilar faol ishtiroki uchun baholandi.
Ochiq darsda ishtirok etgan o‘qituvchilar mashg‘ulot bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, darsning interfaol va samarali tashkil etilganini e’tirof etdilar.


