IIV Sirdaryo akademik litseyining “Tillar” kafedrasi o‘qituvchilari E.Mirzakulov, S.Raxmanova, J.Tursunboyev va Sh.Mamanov tomonidan Guliston shahridagi 5-, 7-, 8-, 9- va 10-maktablarda IIV Sirdaryo akademik litseyiga 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun munosib nomzodlarni jalb qilish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.



Uchrashuv davomida o‘quvchilarga litseydagi ta’lim jarayoni, fanlar, imtihon shartlari va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot, litsey hayoti aks ettirilgan videorolik qo‘yib berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda akademik litseyga o‘qishga kirishga katta qiziqish bildirishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni sifatli ta’lim olishga rag‘batlantirish, ularning kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda ilm-fan bilan chuqur shug‘ullanishlariga turtki bo‘lishiga xizmat qiladi.


