Joriy yilning 14-mart kuni O’zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Tashkil etilgan kitob yarmarkasida litsey o’qituvchilari hamda o’quvchilari o’zbek va jahon adabiyoti durdonalari bo’lgan sara asarlardan bahramand bo’lishdi.



Ushbu yarmarkani tashkil etishdan maqsad ishtirokchilarning so’z-nutq boyliklarini boyitish, bilim doiralarini kengaytirish, shuningdek, kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otishdan iborat.
O’quvchilar xarid qilgan kitoblar kelgusida “Kitobxonlik” ko’rik tanlovlari, “Zakovat” intellektual o’yinlarini tashkil etish hamda “Bilimdonlar bellashuvi” ko’rik tanlovlarini o’tkazish uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi.
