Joriy yilning 13-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1- va 2-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan bellashuvda oʻquvchilar oʻz bilimi va zakovatini sinovdan oʻtkazishdi.
🏆 Yakuniy natijalarga koʻra, g‘oliblar ketma-ketligi quyidagicha:
🥇 1-o‘rin: 201-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin: 101-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin: 107-guruh jamoasi
Bunday tadbirlar oʻquvchilarning bilimini mustahkamlash, tezkor fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


