Joriy yilning 13-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti vakillari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning MMIB prorektori Ochilov Bobur Xalimboevich hamda Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani Usmonov Alisher Xabibullaevich ishtirok etdilar.



Uchrashuv davomida mehmonlar universitet faoliyati, ta’lim dasturlari, qabul shartlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish barobarida, universitetda ta’lim olishning afzalliklari, zamonaviy kasblar va raqamli texnologiyalarning istiqbollari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Bu kabi uchrashuvlar o‘quvchilarning kelajak kasb tanlovida muhim rol o‘ynaydi va ularning oliy ta’lim sari ishonchli qadam tashlashiga yordam beradi.


