Joriy yilning 13-mart sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida 1 va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Navro‘z kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Uchrashuv davomida jamoalar kuchli jismoniy tayyorgarlik, taktik mahorat hamda jamoaviy hamjihatlik bilan maydonda faol harakat qilishdi.
Musobaqa “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Isanov va N.Niyazov boshchiligida o‘tkazildi.
Ushbu musobaqani o‘tkazishdan maqsad — o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini oshirish, shuningdek, ularning do‘stlik va jamoaviylik ruhini shakllantirishdir.

