Joriy yilning 11-mart sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi hamda Sirdaryo tuman politexnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
“Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuv o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.



Musobaqaga litseyning “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari A.Ashurov hamda N.Niyazovlar hakamlik qilishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada o‘smirlar o‘rtasida akademik litsey jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi, qizlar o‘rtasida esa politexnikum jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Bunday sport tadbirlari yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.


