Joriy yilning 10-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Xotin-qizlar kengashi raisi N.M.Mamatqulova va litsey psixologi X.Azizova ishtirokida navbatdagi qizlar majlisi tashkil etildi. Tadbirda litseyda tahsil olayotgan qizlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Majlis davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, qizlar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash hamda turli sohalarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur bo‘lgan omillar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, Xotin-qizlar kengashi a’zolari qizlarning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqishlarini rag‘batlantirish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qilib, aniq vazifalarni belgilab oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *