Joriy yilning 12-mart kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va O‘zbekiston Respublikasi FVV akademiyasi hamda “Shahrisabz Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining qamrovini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.



Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi mas’ul xodimi, mayor J.Xidirov, Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining MMI va KBTB bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik A.Abidjanov hamda Sirdaryo viloyati FVB kadrlar bo‘limi boshlig‘i, mayor N.Astanov ishtirok etishdi. Ular o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, harbiy sohaga oid muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar va yoshlarga o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yib, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida intilish muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.


