Joriy yilning 10-mart sanasida “Tillar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Malika Mansurova tomonidan IIV Sirdaryo akademik litseyining 1- va 2- bosqich o’quvchilariga ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sinov imtihoni o‘tkazildi.

Ushbu sinov imtihoni o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, ularning sertifikat imtihoniga tayyorgarlik holatini baholash hamda kamchiliklarni aniqlash maqsadida tashkil etildi. Sinov jarayonida o‘quvchilar ona tili va adabiyot fanidan turli murakkablik darajasidagi savollarga javob berishdi. Natijalar asosida ularga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusi tayyorgarlik jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi.

Malika Mansurova imtihon natijalarini tahlil qilar ekan, o‘quvchilarning bilim darajasi yuksalib borayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, ba’zi grammatik va stilistik xatolar bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Mazkur sinov imtihoni akademik litsey o‘quvchilari uchun milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorlanish imkonini berib, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *