IIV Sirdaryo akademik litseyida kasaba uyushmasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litsey jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash va kasaba uyushmasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasining yangi raisi va a’zolari saylandi.



Ovozga qo‘yish jarayoni ochiq va tenglik tamoyillariga asoslangan holda o‘tkazilib, kasaba uyushmasi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
So‘ng, “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan kasaba uyushmasi tomonidan litseyda faoliyat yuritayotgan pedagog ayollar va xodimlar e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, bayramga yig‘ilgan xotin-qizlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.


