IIV Sirdaryo akademik litseyi “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi B.Boboyev tomonidan 204-guruh o‘quvchilari uchun “1991–2017 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mazkur dars davomida mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, mintaqadagi integratsiya jarayonlari hamda xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. O‘quvchilar dars jarayonida interfaol metodlar orqali mustaqil fikrlash, tarixiy voqealarni tahlil qilish va o‘z qarashlarini bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, dars davomida qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar, hamkorlik aloqalari va mintaqaviy barqarorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan chuqur bilim olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday ochiq darslar o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish va kelajakda yurt taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lishlariga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *