Ayni damda IIV Sirdaryo akademik litseyida birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Bahslar qizg‘in va do‘stona muhitda kechmoqda. Ishtirokchilar har bir yurishni puxta o‘ylab, o‘z mantiqiy fikrlash va strategik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Musobaqa nafaqat g‘oliblik uchun kurash, balki intellektual salohiyatni oshirish, sabr va e’tiborni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Musobaqaga “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Isanov va N.Niyazov hakamlik qilmoqda. Natijalar musobaqa yakunida e’lon qilinadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *