Joriy yilning 8-fevral kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Sirdaryo tumani Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.



Tadbir davomida o‘quvchilarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning ilm-fan va adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlar berildi. Shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi, uning asarlarida ilgari surilgan ezgulik, odillik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida Madaniyat bo‘limi xodimlari va o‘quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


