Joriy yilning 6-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi kadrlari bo‘limi katta inspektori, katta leytenant Berdiyev Mukhiddin To‘raqul o‘g‘li hamda Davlat bojxona instituti talabalari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.



Tadbir davomida bojxona tizimining asosiy vazifalari, xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda Davlat bojxona institutiga o‘qishga kirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilarga bojxona sohasining ahamiyati, uning mamlakat xavfsizligi va iqtisodiyotidagi o‘rni, shuningdek, mazkur yo‘nalishda kasbiy rivojlanish istiqbollari tushuntirildi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida esa sohaga qiziqqan yoshlarga kelgusida bojxona tizimida faoliyat yuritish uchun qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.


