Joriy yilning 5-fevral kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” spartakiadasining litsey bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning saralash bosqichi doirasida turli sport turlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.


Musobaqalarga “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Ashurov A., Isanov Sh. va N.Niyazovlar hakamlik qilishdi. Ushbu bellashuvlar o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.


