Shu yilning 5-fevral kuni IIV Sirdaryo akademik litseyining 101-guruhida huquqshunoslik fani o‘qituvchisi N.Xolmurzayev tomonidan “Huquq ijodkorligi va huquq normalari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Dars davomida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida interaktiv metodlardan foydalanildi. Jumladan, “Qog‘oz terapiyasi” enerjayzer o‘yini orqali o‘quvchilarning diqqat-e’tibori va mantiqiy fikrlashi faollashtirildi.

Zamonaviy yondashuvlar dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali o‘tkazishga xizmat qildi. Darsda ularning motivatsiyasini oshirish, baholash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bu kabi interaktiv darslar o‘quvchilarning fan bo‘yicha tushunchalarini mustahkamlashga va huquqiy bilimlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *