Joriy yilning 5-fevral sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi dotsenti, podpolkovnik Azimov Tohir Saidovich, IIV Akademiyasining bitiruvchi kurslari hamda litsey o‘quvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.



Tadbir davomida ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati, IIV Akademiyasidagi ta’lim jarayoni va bitiruvchilarning kelgusi xizmat faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalish bo‘yicha savollariga batafsil javob qaytarildi.
Uchrashuv so‘nggida o‘quv jarayonida yuqori natijaga erishgan hamda intizomi bilan o‘rnak bo‘layotgan iqtidorli o‘quvchilar taqdirlandi. Bunday tadbirlar yoshlarning sohaga qiziqishini oshirish va kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


