IV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, viloyat prokuraturasi, IIB MMI va KBTX masʼullari hamda litsey o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga kirish tartibi, imtihon jarayoni hamda akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va to‘liq javob qaytarildi.



Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning huquqshunoslik sohasi bo‘yicha bilimini kengaytirish va kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


