Shu yilning 4-fevral kuni IIV Sirdaryo akademik litseyining “Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tarix fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida sinov imtihoni tashkil etildi.

Sinov jarayonida o‘quvchilarning O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi fanlaridan bilim darajasi aniqlanib, ularning mavzular bo‘yicha tayyorgarlik holati baholandi. Shuningdek, imtihon natijalari asosida o‘quvchilarning kuchli va zaif tomonlari tahlil qilinib, kelgusida bilimlarini mustahkamlash bo‘yicha individual tavsiyalar berildi.

Bunday sinovlar o‘quvchilarga milliy sertifikat imtihoniga puxta hozirlik ko‘rish, bilimlarini mustahkamlash va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *