Joriy yilning 4-fevral kuni Sirdaryo tumanidagi 21-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari IIV Sirdaryo akademik litseyiga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqish bildirgan va ushbu yo‘nalishda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarni o‘qishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida o’quvchi-yoshlarga akademik litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, yotoqxona, oshxona, fan va sport to‘garaklari, shuningdek, qabul kvotalari hamda qabul jarayoni haqida batafsil axborot berildi.

Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda litseyda yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun holda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *