O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil, 25-iyun kunidagi 345-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchilari S.A.Raxmanova va Sh.Z.Mamanov tomonidan Yangiyer shahar 3-maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur dars doirasida o‘quvchilarning chet tillarni bilish darajasini baholash va guruhlarga ajratish, shuningdek, milliy va xalqaro sertifikatlarning ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quvchilarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida yuqori sinf o‘quvchilardan daraja aniqlash testi olindi. Test natijalariga ko‘ra yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar:

▪️1-o‘rin – Rustamov Siroj;
▪️2-o‘rin – Umarqulov Olimjon va Xudayqulova Xumora;
▪️3-o‘rin – Zikrullayeva Rayhona.

Kelajak avlodni ilm-fan va zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish yo‘lidagi ishlar davom etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *