Joriy yilning 23-yanvar kuni Sirdaryo tumanidagi 22-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchilari Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyiga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqish bildirgan va ushbu yo‘nalishda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarni o‘qishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida o’quvchi-yoshlarga akademik litsey faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, yotoqxona, oshxona, fan va sport to‘garaklari, shuningdek, qabul kvotalari hamda qabul jarayoni haqida litseyning ChQBT fani o‘qituvchisi Sherzod Isanov tomonidan batafsil axborot berildi.

Tadbir yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda litseyda yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun holda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *