Joriy yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari “G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohat milliy qadriyatlarimizni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish maqsadida tashkil etildi.



Safar davomida o‘quvchilar Qurolli Kuchlarimizning shonli o‘tmishiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishib, Vatan himoyachilarining qahramonlik tarixiga sayohat qildilar. Muzey xodimlari tomonidan o‘quvchilarga milliy armiyamizning shakllanish tarixi, ulug‘ jangovar g‘alabalar va mardlik ko‘rsatgan harbiylar haqidagi qiziqarli faktlar yetkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Bunday sayohatlar yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularning tarixiy ongini shakllantirishda va milliy g‘ururini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


