Globallashuv davrida xorijiy tillarni bilish har bir inson uchun dolzarb va zarur ko‘nikmaga aylangan. Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganish uchun zamonaviy va samarali tizim joriy etilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida yoshlarning xalqaro maydonda muvaffaqiyatli raqobatlashish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Ushbu yondashuv tufayli xorijiy tillarni puxta egallab, milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘layotgan yoshlar soni kun sayin oshib bormoqda.
📑 Xususan, IIV Sirdaryo akademik litseyi 207-guruh o‘quvchisi Sherzodova Ziyoda Sherzod qizi xorijiy tillarni bilish darajasini yuqori saviyada namoyish etib, xalqaro IELTS imtihonidan 5.5 ball(B2) natija qayd etdi hamda yana bir xalqaro sertifikat sohibasiga aylandi.
👏 O‘quvchimiz Sherzodova Ziyodani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklab, unga kelgusidagi o‘qishlarida, bilim olish yo‘lida omad va zafarlar tilab qolamiz!