Joriy yilning 17-yanvar sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyda I bosqich oʻquvchilari oʻrtasida Geografiya fanidan viktorina boʻlib oʻtdi.
Bellashuv litseyning “Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasining geografiya fani oʻqituvchisi F.Chinibayeva boshchiligida olib borildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga fanga oid turli mavzularda savollar berilib, ishtirokchilar jamoaviy bilim qobiliyatlarini namoyon etdilar.


🏆Qizgʻin va murosasiz bahslar natijasida quydagi gʻoliblar aniqlandi:
🥇oʻrin: “Beruniy izdoshlari” jamoasi (101-guruh);
🥈oʻrin: “Kolumb” jamoasi (106-guruh);
🥉 oʻrin: “Kusto” jamoasi (105-guruh).
Bu kabi intellektual tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

